Qoʻlning qadogʻi uyaltirmas

Ispan xalq maqollaridan

Maqollar xalq ijodiy tafakkurining quyma, taʼsirli ifodasidir. Yillar, asrlar osha shakllangan, sayqallangan bu loʻnda fikrlarda butun bir xalq yoki elatning fikrlash tarzi, dunyoqarashi, urf-odatu qadriyatlari oʻz aksini topadi. Baʼzida katta bir kitobga sigʻmagan fikr yoki gʻoya toʻrt-besh soʻzdan iborat maqolga jo boʻladi. Bu – xalq donoligidan dalolat.

 

  • Ranglarda hasad boʻlganida, dunyo qop-qoraga boʻyalardi.
  • Ahmoq baliqning dushmani baliqchi emas, xoʻrak.
  • Xo-xolab kulgan ahmoqni uzoqdan taniysan.
  • Bergan, jim tur! Olgan, gapir!
  • Bir paytda uxlash va qorovullik qilishning iloji yoʻq.
  • Bitta yolgʻonning nechtalab kiyimi bor.
  • Bodomga yetishgandim, chaqaman deb tishdan ayrildim.
  • Boshmogʻi siqayotganini har kim biladi.
  • Bugun ombor toʻlsa, ertaga toʻrvang toʻladi.
  • Vijdoning pok boʻlsa, par toʻshakda yotganday uxlaysan.
  • Gunohkor odam koʻp gapiradi.
  • Yolgʻonchi aftidan maʼlum.
  • Yomon kamonchi oʻzinikini yaralaydi.
  • Zaif oyoq yoʻlda pishadi.
  • Yoʻlga tushding, yarim yoʻlni bosib oʻtding.
  • Koʻylaging bitta boʻlsa, qoʻrquvsiz yashaysan.
  • Koʻngil tortgan joyga oyoq tortadi.
  • Kunni yomonlama, hali tun choʻkkani yoʻq.
  • Koʻr ham, koʻzi ochiq ham adashar.
  • Qilgan bozoring toʻrvangdan maʼlum.
  • Qochayotgan dushmanga qochgani oʻzim yordam beraman.
  • Quyon ovlayotganda nogʻora chalinmaydi.
  • Qoʻlning qadogʻi uyaltirmas.
  • Moʻynaga yaraydigan tulki tezda yoʻqoladi.
  • Munofiq doʻst xanjardan xavfli.
  • Ovda ildam boʻlgan oʻljasiz qolmaydi.
  • Ot sulini xayol qildi, xoʻjayin egar keltirdi.
  • Och boʻri tinch turmaydi.
  • Soʻzda har qanday yoʻl yaqin koʻrinadi.
  • Toʻlgan qorin bilan ildam boʻlolmaysan.
  • Uvada kiyim ichida yaxshi odam bor.
  • Oʻlimdan qoʻrqqan yarim-yorti yashaydi.
  • Xasis boyning na qarindoshi bor, na doʻsti.
  • Hatto yuz yil oʻtmay turib, dunyodan izimiz oʻchadi.
  • Shoshilishni sevadigan hammadan ortda qolar.
  • Shudgor qilishni bilsang, hamma yer yaxshi.
  • El bilan chekilgan tashvish asaldan shirin.
  • Eski toʻnka yaxshi yonadi.
  • Yalqov ish boshlasa, kun choʻziladi.

 

Orif Tolib tayyorladi.

 


“Hidoyat” jurnalining 2014 yil 8-sonida chop etilgan.


 

https://saviya.uz/ijod/xalq-ogzaki-ijodi/qolning-qadogi-uyaltirmas/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x