QOʻYHOʻKIZ

QOʻYHOʻKIZ, qoʻybuqa, mushkli qoʻyhoʻkiz (OU1008 tozspaShz) — quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli sut emizuvchi hayvon. Grenlandiya, Kanada, Arktika arxipelagidagi orollarda tarqalgan. Shpisbergen, Nunivak, Nelson orollari va Alyaskaga olib kelingan. Pleystotsen, qisman golotsenda Yevrosiyo va Shim. Amerikada ham koʻp boʻlgan. Boʻyi (yagʻrinidan) 1,1 m ga yaqin, tanasining uz. 2,5 m cha, ogʻirligi 300 kg cha.

Gavdasi uzun (60—90 sm li) qora koʻngʻir jun bilan qoplangan. Boʻyni qisqa va yoʻgʻon. Shoxining asosi yoʻgʻon, uchi qayrilgan. 20—30 bosh Q. poda boʻlib yashaydi. Avgust-sent. da urchiydi. Boʻgʻozlik davri 9 oy. 1—2 ta bola tugʻadi. Lishaynik, mox va oʻtlar bilan oziqlanadi. Qoʻyhoʻkiz soni kamayib ketgan (25 ming boshga yaqin), muho-faza qilinadi. Rossiyaning shim. hududlariga Kanadadan olib kelib koʻpaytirilmokda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x