QOʻQON YOGʻ-MOY AKSIYADORLIK JAMIYATI

«QOʻQON YOGʻ-MOY» AKSIYADORLIK JAMIYATI — oziq-ovqat sanoatining yirik korxonasi. «Yogʻ-moytamakisanoat» uyushmasi tarkibiga kiradi. Oqlangan paxta yogʻi. distillangan yogʻ kislotasi, kunjara, shulxa va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi. Oʻzbekistonda paxta chigitidan moy oluvchi gidravlik pressli birinchi z-d boʻlgan korxona 1884-y. da ishga tushirilgan. 1910-y. dan Vadʼyayevlar savdo uyi tarkibiga kirgan. 1917-y. dagi Oktyabr toʻntarishiga qadar yiliga 6,5—7,5 ming t yogʻ ishlab chiqargan. 20-a. ning 30-y. larida bir necha marta rekonstrukpiya qilinib, qayta qurildi. 1947-y. dan sutkalik yogʻ i. ch. quvvati 55—60 t ga yetkazildi. 1955-y. da yogʻ ekstraksiya z-dining ishga tushirilishi bilan 1956-y. dan Qoʻqon yogʻmoy k-tiga aylantirildi. K-tning sutkalik yogʻ i. ch. quvvati esa 125—130 t ga yetdi. K-tda 1962-y. da soapstok yogʻ kislotalarini distillash, 1965-y. da donador kunjara i. ch., 1968-y. da mitselladan gossipol ajratib olish, soʻng tozalash sexlari ishga tushirilgan. 1975-y. da k-t qoshida oʻrik, shaf-toli danagidan, uzum, soya, anor, tarvuz, qovun. chakanda urugʻidan yogʻ ishlab chiqaruvchi z-d qurildi va 80-y. lar oxiriga qadar meva-sabzavot danaklari va urugʻlaridan olinadigan keng assortimentdagi yogʻlar ishlab chiqardi. 1994-y. dan ochiqturdagi akiiya-aorlik jamiyati va hoz. nomda. 90-y. larning 2-yarmidan zamonaviy chet el texnologik liniyalari bilan jihozlandi, chet el investitsiyalari jalb qilindi. 2001-y. da korxona quvvati 850—950 t/sutka chigitni qayta ishlashga yetkazildi. Mahsulotlari ichki bozorda sotiladi, qoʻshni davlatlarga eksport qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x