QOʻLDOSHEV

QOʻLDOSHEV Murod (1900 – Qoʻqon — 1975) — aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1970). Qoʻqon teatri (1920-27; 1950-y. dan), Oʻzbek davlat drama truppasi (Samarqand, 1927-28), Andi-jon (1928-40), Yangiyoʻl (1941 — 50) teatrlarida ishlagan. Andijon teatrini mustah-kamlashda faol ishtirok etgan. Qahramonl ar i kuchli tuygʻularini tabiiy va haroratli ifoda etish, ohangdor nutq, harakat rang-barangligi, musiqiy va sermaʼnolikka erisha olish Qoʻldoshev ijodiga xos. Majnun (Xur-shid; T. Sodiqov, N. Mironov, «Layli va Majnun»), Neʼmat (Gʻ. Za-fariy, «Halima»), Tartalya (K. Gossi, «Malikai Turandot»), Asqar (U. Hojibekov, «Arshin mol olon») va b. rollari bilan tanilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x