QIZILQIYOQ

QIZILQIYOQ, sichqonchoʻp — boshoqdoshlarga man-sub koʻp yillik ildizpoyali begona oʻt. Poyasining boʻyi 25—60 sm. Barglari yapaloq. Toʻpguli kumushsimon oq silindrik tigʻiz roʻvakka yigʻilgan. Mevasi don. Martapr. boshlarida oʻsa boshlay-di, bahordan kuzgacha gullab, meva-laydi. Urugʻlari oson sochiladi va shamol bilan tarqaladi. Ildizpoyala-ri tuproqqa 30—40 sm gacha kiradi. Uzun novdalari qishlaydi. Bedapoya-larda, gʻoʻza, gʻalla va b. sugʻoriladigan ekinlar orasida uchraydi. Shuningdek, ariq yoqalari va juda ser-nam joylarda ham oʻsadi.

Kurash choralari: yerni 15—30 sm chuqurlikda haydaladi; ildizpoya-lar yoʻqotiladi; dalapon sepiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x