QIZILOʻZAN — Erondagi daryo. Uz. 750 km, havzasining mayd. 56,2 ming km2. Zagros togʻlaridan boshlanadi. Elbursning gʻarbiy tizmalarini kesib oʻtgan joyda Shohrud daryosi bilan qoʻshilgach, Safidrud deb nomlanadi va Kaspiy dengiziga quyiladi. Shohrud daryosiga qoʻshilgan joyda gidrouzel (bal. 100 m li toʻgʻon, GES, suv ombori) qurilgan. Suvidan sugʻorishda keng foydalaniladi. Deltasida Resht shahri joylashgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые