QIZILOʻRDA VILOYATI — Qozogʻiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938-y. 15 yanv. da tashkil etilgan. Mayd. 226 ming km2. Aholisi 606,6 ming kishi (2002), asosan, qozoq-lar (70%), shuningdek, ruslar (aso-san, shaharlarda), koreys va b. mil-lat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 63%. Q. v. 6 maʼmuriy tu-manga boʻlingan, 3 shahar, 10 sha-harcha bor. Markazi — Qiziloʻrda sh. Yirik shaharlari: Qiziloʻrda, Aralsk, Gʻazali.
Viloyat Orol dengizidan sharqda Sirdaryoning quyi oqimida, aso-san, Turon pasttekisligida (bal. 50 — 200 m) joylashgan. Sirdaryoning chap sohilida Qizilqumning qum tepala-ri; oʻng sohilida qirlar, uncha chuqur boʻlmagan soyliklar bor. Shim. da Ki-chik Boʻrsiq va Orol boʻyi Qoraqumi, chekka jan.sharqda Qoratov tizmasi-ning shim.gʻarbiy tarmoqlari (eng baland joyi 1419 m) joylashgan. Iqlimi keskin kontinental va juda quruq. Iyulning oʻrtacha t-rasi shimo-li.-gʻarbida 25,9°, jan.-sharqida 28,2°, yanv. niki shim.-gʻarbida —3,5°, jan.-sharqida —19,8°. Yillikyogʻin 175 mm. Vegetatsiya davri 198 kun. Q. v. hududiga Orol dengizining shim.sharqiy yarmi kiradi. Yagona yirik daryosi — Sirdaryo. Shoʻr suvli koʻl koʻp. Qumlarda shuvoq-betaga, shoʻra, bahorda esa efemer oʻsimliklar; pastliklarda astragal, juzgʻun oʻsadi. Oq saksovul, yulgʻun, teresken, biyur-gʻun, shuvoq qumlarni shamolda uchi-shiga yoʻl qoʻymaydi. Sirdaryo qayi-rida allyuvialoʻtloq, shoʻrlangan tuproqlarda oʻtloq oʻsimliklar, toʻqayzor va butazorlar, delta va qirgʻoq boʻylarida qamishzorlar bor. Choʻlda yirtqichlar va tuyoqli hayvon-lar, shuningdek, kemiruvchilar, qushlar uchraydi. Sirdaryo deltasida ondatra iqlimlashtirilgan. Orol dengizi, Sirdaryo va mayda koʻllarda turli baliklar bor. Borsakelmas orolida qoʻriqxona (saygʻoq, jayran, qulon) mavjud.
Qiziloʻrda viloyatida qishloq xoʻjaligi xom ashyosi va baliqni qayta ishlash bilan bogʻ-liq oziq-ovqat va yengil sanoat kor-xonalari bor. Asosan, obikor deh-qonchilik va yaylov chorvachiligi ri-vojlangan. Viloyatda sholikorlik, qoʻychilik, shuningdek, baliqchilik va baliqni qayta ishlash salmoqli oʻrin tutadi. Sanoatining asosiy tar-mogʻi — oziqovqat sanoati (baliq, sholi oqlash, araq, pivo z-dlari, goʻsht, sut va non, uysozlik k-tlari, tegirmon). Sellyuloza-karton k-ti, poyabzal, trikotaj, mebel va ti-kuvchilik f-kalari bor. Metallsozlik, kimyo va qurilish materiallari sanoatlari rivojlangan. Deyarli hamma korxonalar Qiziloʻrda sh. da. Pichanzor va yaylovlar bor, yem-xa-shak ekinlari ham ekiladi. Chorvachi-likda, asosan, qorakoʻlchilik (90% qorakoʻl qoʻylari), shuningdek, may-in junli qoʻychilik, oz miqdorda goʻsht-sut chorvachiligi rivojlangan. Qoramol, qoʻy va echki, yilqi, tuya, parranda, choʻchqa boqiladi. T. y. uzunligi 763 km, qattiq qopla-mali avtomobil yoʻllari uz. 1223 km. Ped. in-ti, tari-xiy oʻlkashunoslik muzeyi, drama te-atri bor.