QIZIL YOTQIZIQLAR

QIZIL YOTQIZIQLAR — gil, alevrolit, kumtosh, konglomerat, ohaktosh va gipslardan tarkib topgan qizil rangli choʻkindi togʻ jinslari majmuasi. Qizil yotqiziqlarning quruq iqlim sharoitida hosil boʻlganligini rangining qizilligi, karbonatliligi va gipslanganligi koʻrsatadi. Qizil yotqiziqlar qumli va shagʻalli gorizontlardagi yer osti suvlari taʼsirida oʻzgargan r-nlarda temir va boshqalar elementlar qayta taqsimlanishi natijasida bu yotqiziqlarda yashil gleylangan gorizontlar paydo boʻladi. Epigenetik gleylanish natijasida baʼzan Qizil yotqiziqlar olabula rangliga aylanadi. Koʻpincha togʻ oldi allyuvial tekisliklarida, togʻ oraligʻi botigʻida, daryo oʻzani, qayiri va deltasida hamda koʻllarda uchraydi. Qizil yotqiziqlarning shakllanishi butun geologik davr mobaynida — tokembriydan neogengacha (koʻproq kembriy, devon, perm, trias, boʻr, paleogenneogen) sodir boʻlgan. Qizil yotqiziqlar bilan mis, uran, vanadiy, flyuorit, selestin, gips, neft va tuz konlari bogʻliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x