QIZIL VOLCHANKA

QIZIL VOLCHANKA, qizil yuguruk — kollagenozlar guruhiga mansub kasallik. Kasallikning kelib chiqishi hozircha nomaʼlum, lekin uning paydo boʻlish sabablarini tushuntiruvchi bir qancha nazariyalar (infeksion, irsiy va sil kasalligi bilan bogʻliq) mavjud.

Qizil volchanka koʻproq tashqi muhit omillari (quyosh nuri, sovuq, shamol va boshqalar) taʼsirida boʻladigan kishilarda uchraydi, asosan yozda qoʻzib turishi bilan ifodalanadi. Qizil volchanka turli xil dorilar (antibiotiklar, sulfanilamidlar), infeksion agentlar (streptokokk va viruslar) hamda atrof muhitning noxush omillari (radiatsiya va boshqalar) taʼsirida yuzaga chiqadi; irsiy tabiatga ega boʻlishi ham mumkin. Xavfsiz kechadigan teri xili (1xili) va biriktiruvchi toʻqima hamda tomirlarni sistemali zararlaydigan (2xili) xillari bor. Kasallikning sistemali shaklida teri bilan birga ichki aʼzolar ham zararlanadi; Q. v. odamlarning yuz qismida qoʻproq uchraydi, lekin toshmalar terining turli sohalariga toshishi, kasallikning 1xili 2siga oʻtishi ham mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x