QIZIL GʻOR — Togʻli Qrimdagi gʻorlar sistemasi. Simferopol shahri dan 23 km jan. gʻarbda. Dunyodagi ohaktoshli yirik karst gʻorlaridan biri. Qizil gʻor dagi oʻrganib chiqilgan yoʻlaklar va zallarning umumiy uz. 13,1 km. Gʻorlar sistemasi 6 qavatdan iborat. Pastki qavatida sifonli yer osti (qizil gʻor) daryosi, yer osti koʻllar bor. Q gʻ. ning galereya va zallari ohaktosh hosilalar bilan bezalgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые