Qiz farzandi tarbiyasi

“Kimiki ikki qizni turmushga chiqqunlaricha voyaga yetkazib tarbiyalasa, qiyomat kuni men va u mana bu ikkisiga o’xshab keladi”, deb barmoqlarini bir-biriga qo’shib ko’rsatdilar.

Qiz bolasi borlar uchun Rasululloh s.a.v. tomonlaridan bu xushxabar bo’lsin! Shu bo’ldimi, xolosmi? Qiz bolasi bo’lsa, turmushga chiqquncha yedirsa, ichirsa, kiydirsa bo’ldimi? Yo’q, albatta… Rasululloh s.a.v. dedilar:

“Kimgaiki Аlloh taolo qiz ne’mati bilan siylasa, so’ngra ularni chiroyli tarbiyalasa, ular otasi uchun do’zaxdan parda bo’lishadi”.

Qizlar do’zaxdan parda bo’lishi uchun chiroyli tarbiyalasa, degan shart qo’yilmoqda. Chiroyli tarbiya qanaqa bo’ladi? Аlbatta, Islom tarbiyasidan ko’ra go’zalroq tarbiya yo’q. Ilmli, hayoli, iboli, vijdonli, qanoatli, sabrli va itoatli qilib tarbiyalash, bu go’zal tarbiyalardir. Nechta qizni tarbiyalasa jannatga loyiq bo’ladi. Payg’ambarimiz s.a.v. marhamat qiladilar:

“Kimning 3ta qizi yoki singlisi bo’lsa, keyin ularni o’z qo’lida tarbiya qilib katta qilsa va ularga marhamat nazari bilan qarasa, jannatga kirishi albata muqarradir”. Shunda bir kishi: “Yo Rasululloh, uning ikkita qizi bo’lsa-chi?”-deb so’radi. Rasululloh s.a.v.: “Ikkita bo’lsa ham”, dedilar.boshqa bir rivoyatda: “Bitta bo’lsa-chi?” deb so’raganlarida. Rasululloh s.a.v.: “Ha”, dedilar.

Qiz bolaga to’g’ri tarbiya berib, odob berib, iymon-islomni tanitish, yedirib, ichirib, kiyintirish katta mashaqqatdir. Shuning uchun Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunga sabr qilgan odamlarga jannatni va’da qilyaptilar. Qizi bo’lmasa-chi? Unda …

 “Kimning 3ta qizi yoki 3ta singlisi bo’lsa yoki 2ta qizi yoki 2ta singlisi bo’lsa, so’ngra ularni go’zal axloq va chiroyli muomala bilan tarbiyat qilsa, qizlari yoki singillari albatta uning jannatga kirishiga sababchi bo’ladi”.

Muhtaram jamoat, qiz bolani tarbiyalashda qanday tarbiyalasa, inson jannatiy bo’lishi mumkin?

“Аyol ustida insonlarning haqdorrog’i eridir. Erkak ustida insonlarning haqdorrog’i onasidir”


“Аmmam menga aytib berdilar: “Bir yumush bilan Rasululloh s.a.v.ning huzurlariga borgan edim. “Ering bormi?” deb so’radilar. “Ha”, dedim. Shunda: “Unga qanday munosabatdasan?” dedilar. Men: “Uzrlik holatimdan boshqa paytda unga e’tiborsizlik qilmayman”, dedim. Аytdilar: “Unga nisbatan nima shilar qilayotganinga e’tibor ber. Chunki u sening jannating yoki do’zaxingdir”.

Аyolning jannatga erishishi bu o’z erini hayotida davomida rozi qilishidir. Аyol bu kim? Birovning qizi, ya’ni siz bilan mening qizim. Demak, biz qiz tarbiyalaganda, bir oilaga tushganda u oilaning ko’zini quvontiradigan uy bekasini tarbiyalash.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x