QIYOSIY-TARIXIY METOD

QIYOSIY-TARIXIY METODqiyoslash yoʻli bilan tarixiy voqeahodisalardagi umumiylik va xususiyliklar, oʻxshashlik va tafovutlar, ular taraqqiyotidagi bosqich va tamoyillar aniqlanadigan ilmiy tadqiqot metodi; tarixiy metodning bir koʻrinishi.

Qiyosiy-tarixiy metod oʻrganilayotgan voqea-hodisa taraqqiyotidagi muayyan bosqichlarni, roʻy bergan oʻzgarishlarni aniqlash va oʻzaro qiyoslashga, rivojlanish tamoyillarini belgilashga yordam beradi. Bu metodning quyidagi shakllari mavjud: qiyosiychogʻishtirma metod turlituman obyektlar tabiatini aniqlaydi; tarixiytipologik qiyoslash genezis va rivojlanish sharoitlari bir xil boʻlgan, kelib chiqishiga koʻra bogʻlanmagan voqeahodisalar oʻxshashligini tushuntirib beradi; tarixiygenetik qiyoslashda voqea-hodisalar oʻxshashligi ularning kelib chiqishiga koʻra qarindoshligi natijasi sifatida izoxlanadi; turlituman hodisalarning oʻzaro taʼsirini qayd etuvchi qiyoslashlar ham mavjud. Qiyosiy-tarixiy metod 19-asr boshlarida tilshunoslikda (q. Qiyosiytarixiy tilshunoslik) va etnografiyada shakllangan; keyinchalik jamiyatshunoslik (sotsiologiya), adabiyotshunoslik, huquqshunoslik, madaniyatshunoslik va boshqalar sohalarda keng qoʻllana boshlagan. Gʻarb sotsiologiyasida Qiyosiy-tarixiy metodning qoʻllanishi fransuz faylasuflari O. Kont, E. Dyurkgeym, ingliz faylasufi G. Spenser gʻoyalari bilan bogʻliq. Qiyosiy-tarixiy metod madaniyatlar va ularning taraqqiyot bosqichlarini qiyoslab oʻrganishda, turli ijtimoiy tuzilmalar (davlat, oila va shahrik.)ni taqqoslashda qoʻllanadi. Bunda Qiyosiy-tarixiy metod tarixiy voqeahodisalar strukturasi va vazifalarini oʻrganish bilan qoʻshilib ketadi. Bu jarayonda qiyosiytarixiy tadqiqot metodologiyasi yangi vositalar bilan boyib boradi.

Isroil Poʻlatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x