DO`STLARGA ULASHING:
Zarur masalliqlar: 300 gr. qiyma, 1 ta piyoz, 6 dona tuxum, 2 tadan pomidor va bodring, yarim bog‘ ko‘k piyoz, 100 gr. brinza, 2 osh qoshiq un, tuz, mayonez va o‘simlik yog‘i.
Tayyorlanishi: qiymaga 1 dona tuxum, maydalangan piyoz, tuz va ziravorlar qo‘shib, yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan qiymadan kotlet uchun ishlatiladigan o‘lchamda koptokchalar yasaladi.
Tuxum atalanib, un va tuz bilan aralashtiriladi. Har bir qiymali koptokchani tekislab, uni o‘simlik yog‘i solingan tovada qovuriladi. Bir tarafi qizargach, ustidan 3-4 osh qoshiq tuxumli masalliq qo‘shiladi. Tuxum quymoq ko‘rinishiga kelgach, tovadan olinadi.
Pomidor, bodring, brinza somoncha shaklida to‘g‘raladi. Ko‘k piyoz yirik bo‘laklarga ajratiladi. Qiymali o‘ramalar pishgach, yuzasiga ozroq mayonezdan surtib, ikki bo‘lakdan to‘g‘ralgan masalliq solinadi va ikki tarafini bukib o‘raladi. Bezak uchun ko‘k piyoz bargidan bog‘ich sifatida foylanishingiz mumkin.
BEGOYIM
soglom.uz/tavsiya/qiymali-rulet/