Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Tulki quyonning qichqirigʻini eshitganda, uning oldiga yugurib keladi. Lekin yordam berish uchun emas.
“Tarix muxrlagan soʻzlar”
*****
Molu dunyo va omad insonlarni oʻzgartirmaydi. Balki ularning qandayliklarini koʻrsatadi.
“Tarix muxrlagan soʻzlar”
*****
Senga ahamiyat berganga sen ham ahamiyat ber. Qolganlarga esa, salom-alikning oʻzi yetadi.
“Tarix muxrlagan soʻzlar”
*****
Qiyin vaziyatlarda insonlarning haqiqatlari fosh boʻladi.
*****
Odamlar narsalar haqida gapirayotganlarida mubolagʻa qilishga (boʻrttirishga) moyil boʻladilar. Ammo xatolariga kelganda esa, unday emas.
“Tarix muxrlagan soʻzlar”
*****
Bir donishmanddan: “Dushmandan nima bilan oʻch olinadi?” deb soʻraldi. Shunda donishmand: “Oʻz nafsini isloh qilish bilan” deb javob berdi.
“Tarix muxrlagan soʻzlar”
*****
Baʼzi odamlar bilan gaplashganingdan keyin yuksalasan. Ayrimlarga kelsak, ularning yonida sukut qilsang, shunda yuksalasan.
“Tarix muxrlagan soʻzlar”
*****
Sukutingni tushunolmagan kishi soʻzlaringni ham tushunolmaydi.
“Tarix muxrlagan soʻzlar”
*****
Safarga chiqishga qaror qilganingda, yoʻl koʻrinadi.
“Tarix muxrlagan soʻzlar”
*****
Albatta, oshqozon yarasi yegan taoming sababidan paydo boʻlmaydi. Lekin u ichingdagi bezovtalik, yutgan gʻamlaring, his-tuygʻularingdagi taranglik va qoʻrquv sababli paydo boʻladi.
“Tarix muxrlagan soʻzlar”
https://saviya.uz/ijod/nasr/qiyin-vaziyatlarda-insonlarning-haqiqatlari-fosh-boladi/