QISSA

QISSA — badiiy adabiyotda epik janr turlaridan biri. Gʻarbiy Yevropa va Amerika adabiyotida povest maʼnosidagi Qissa tushunchasi yoʻq, nasrning romandan boshqa barcha janrlari «novella» termini orqali ifodalanadi. Rus va oʻzbek adabiyotlarida Qissaning hoz. va qadimgi maʼnolari oʻrtasida farq bor. Mas, qadimgi rus adabiyotida har qanday nasriy asar povest (Q) deb atalgan. Oʻzbek adabiyoti tarixida rivoyat usulida nasr yoki nazmda yozilgan tarixiy-afsonaviy asarlar q. deb yuritilgan. Mas, «Qissai Sayfulmuluk», «Qisasi Rabgʻuziy» va b. Hoz. maʼnodagi oʻzbek Qissasi rus adabiyotidagi «povest» terminiga toʻgʻri keladi va, asosan, roman bilan hikoya oraligʻidagi oʻrtacha hajmli nasriy janrni ifodalaydi.

Qissa, odatda, bir va bir necha shaxslar taqdiriga oid turli voqealarni oʻziga asos qilib olishi bilan epik turning hikoya, hajmi va mazmunining nisbatan cheklanganligi bilan romandan farq qiladi. q. hayot murakkabliklarini hikoyaga nisbatan kengroq, xarakter hamda voqelik koʻlamini romanga qaraganda kamroq qamrab oladi. Qissada u yoki bu shaxs hayotining maʼlum bir davri xronikal tarzda bayon qilinadi. Qissada lirizm hikoya va romandagidan kuchliroq boʻlishi mumkin.

Roman kabi Qissaning ham avtobiografik (Oybek, A. Qahhor, N. Safarov), tarixiy (Mirkarim Osim, Ya. Ilyosov va b.), fantastik (T. Malik, H. Shayxov, M. Mahkamov va b.) turlari bor. Hozirda Qissa nasrning eng faol janrlaridan boʻlib, unda yosh yozuvchilar ham samarali ijod qilmoqdalar.

Ad.: Abrorov A., Oʻzbek povesti, T., 1973; Timofeyev L. I., Osnovm teorii literaturы, 5-izd., M., 1976; Normatov U., Goʻzallik bilan uchrashuv, T, 1976.

4.5 2 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x