QISHLOQ XOʻJALIGI METEOROLOGIYASI — q. x. uchun ahamiyatli boʻlgan iqlim, meteorologik, gidrologik va tuproq sharoitlari bilan q. x. ishlab chiqarishi obyektlari va jarayonlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni aloqadorlikda oʻrganuvchi fan. Agroiqlimshunoslik, agrogidrologiya, q. x. fenologiyasi agrometeorologik xizmat koʻrsatishni oʻz ichiga oladi. Qishloq xoʻjaligi meteorologiyasi fizika, geogr., biol., tuproqshunoslik va b. q. x. fanlari bilan chambarchas bogʻliq. Qishloq xoʻjaligi meteorologiyasining asosiy vazifalari: q. x. ishlab chiqarishidagi meteorologik va iklim sharoitlari shakllanish qonuniyatlarini geografik va vaqt jihatlaridan oʻrganish; meteorologik omillarning agrobiotsenozlar rivoji, holati va mahsuldorligiga, q. x. ekinlari zararkunandalari va kasalliklarining rivojlanishi va tarqalishiga taʼsirini tadqiq qilish; iqlim resurslaridan toʻliq foydalanish maqsadlarida q. x. ekinlarini joylashtirish va ularni parvarish qilishning agrotexnik tadbirlarini agrometeorologik asoslash; agrometeorologik prognoz usullari va tavsiyalar ishlab chiqish; ob-havo va iqlimning noqulay hodisalarini oʻrganish va ularga qarshi qurash choralarini ishlab chiqish va b.
Qishloq xoʻjaligi meteorologiyasi ekinlarining rivojlanish sharoiti va hosildorligini belgilovchi tashqi muhitdagi asosiy va ikkinchi darajali omillarning miqdoriy qiymatlarini aniqlash uchun Qishloq xoʻjaligi meteorologiyasida quyidagi tadqiqot usullari qoʻllaniladi: muddatlarni oralatib ekish — ekin muayyan bir punktda har xil muddatlarda (5—10 kundan oralatib) ekiladi; geografik ekish — muayyan oʻsimlik navlari iqlim sharoitlari turlicha boʻlgan punktlarda ekiladi; eksperimental dala usuli — dala tajriba maydonlarida oʻsimlikni parvarish qilishning agrometeorologik sharoitlari oʻzgartiriladi; distansion (nokontakt) oʻlchash — vertolyot, samolyot va Yer yoʻldoshlarida oʻrnatilgan asboblar yordamida katta maydonlardagi ekinlar va tuproqning holati aniqlanadi; fitotron usuli — sunʼiy iqlimxonalarda oʻsimliklarning gidrometeorologik omillarning turli kompleksiga reaksiyasini oʻrganishga imkon beradi (q. Fitotron); matematik (dinamik) statistik modellashtirish — matematik apparat yordamida meteorologik omillarning oʻsimliklarning oʻsishi, rivojlanishi va hosildorligiga taʼsiri oʻrganiladi.
Qishloq xoʻjaligi meteorologiyasi amaliy fan sifatida 19-a. ning 2-yarmida paydo boʻldi. Oʻrta Osiyoda dastlabki agrometeorologik tadqiqotlar 20-a. boshlaridan olib borildi. 1921-y. da Toshkentda Turkiston meteorologiya in-ti (Turkmet; hoz. Gidrometerologiya instituti) tashkil etildi. Gʻoʻza, gʻalla, beda, sabzavot, poliz va b. ekin maylonlari, bogʻ, tokzor, yaylovlarning mikroiklimi, radiatsion va issiqlik balansi oʻrga-nildi, ularning shakllanish qonupiyatlari B. A. Ayzenshtat, Ye. A. Lopuxin, I. V. Zuyev, V. V. Karnauxova, F. A. Moʻminov, B. Ye. Milkis, G. A. Ahmedov, E. A. Ibrohimova, A. I. Kostenko, A. G. Toropova, A. Sh. Jalilov va b. olimlarning asarlarida sritib berildi. 60-y. lardan boshlab, q. x. ishlab chiqarishining yangi talablari asosida q. x. ekinlarining holati va ularning hosildorligini hududlar miqyosida baholash va prognozlash metodikasi ishlab chiqildi, qisqa muddatda katta maydonlardagi ekinlarning holati va hosildorligini aviatsiya yordamida fotometrik usul bilan baholash amalga oshirildi. Soʻnggi yillarda q. x. ekinlarining biologiyasi, ekologiyasi, biometriyasi asosida «ob-havo — hosildorlik» prognoz modellari tadqiq qilinmoqda (q. Agrometeorologik xizmat koʻrsatish, Agrometeorologik kuzatishlar, Agroiqlimshunoslik).
Ad.: Xamzin K. S. Qishloq xoʻjaligi meteorologiyasi asoslari: [Qoʻllanma], T., 1986, Hamidulla Abdullayev.