QIRQQULOQ

QIRQQULOQ — qirqquloqdoshlarga mansub oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda Qirqquloq ningbotqoq Qirqquloqi yoki botqoq paparotnigi va erkak Qirqquloq yokierkak paparotnik turi oʻsadi. Botqoq Qirqquloqi ning ildizpoyasi ingichka, qoramtir, eski barg bandlari bilan oʻralgan. Barglari 15—60 sm, yakka-yakka joylashgan, barg plastinkasi qalami, ikki karra patsimon qirqilgan. Avgust—sent. da spora hosil qiladi. Choʻl, adir va togʻ zonalarida uchraydi. Botqoqliklarda, ariq va daryo boʻylarida oʻsadi. Erkak Qirqquloq ining ildizpoyasi yoʻgʻon, eski barg bandlari bilan oʻralgan. Barglari toʻp-toʻp boʻlib joylashgan. Barg plas-tinkasi uzunchoq ellipssimon, ikki karra patsimon qirqilgan. Avg.-sent. da spora hosil qiladi. Tibbiyotda lentasimon gijjalarni davolashda foydalaniladi. Togʻ zonasida mayda toshli tuproqlarda, daraxt va toshlarning soyasida, zax joylarda oʻsadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x