QIROLICHA SHARLOTTA OROLLARI — Tinch okeandagi arxipelag, Shim. Amerika (Kanada, Britaniya Kolumbiyasi) qirgʻoqlari yaqinida. Mayd. 10,3 ming km2. Yirik orollari: Greyam va Morsbi. Gʻarbiy qirgʻoqlari togʻli, fyord koʻp, eng baland joyi 1250 m. Shim.-sharqi keng pasttekislik. Iqlimi moʻtadil, sernam. Igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Toshkoʻmir konlari bor. Yogʻoch tayyorlanadi, baliq ovlanadi. Orollarga ilk bor 1774-y. da X. Peres boshchiligidagi ispan ekspeditsiyasi borgan va xaritaga tushirgan, J. Vankuver tomonidan ingliz qirolichasi nomi bilan atalgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые