QIRMA

QIRMAqoʻsh qavatli (pogʻonali) oʻyma usuli; ganch oʻymakorligit bezak, naqsh rangli qorishmalar vositasida yaratiladi. Shu usulda yaratilgan naqsh, bezak ham Qirma deb ataladi. Qirmaga necha xil rang ishlatilsa, ish shuncha bosqichla amalga oshiriladi, shuning uchun Qirmada koʻpincha 2—3 xil rangdan foydalaniladi: har bir rang alohida-alohida bosqichmabosqich bajariladi. Usta bir xil ranshing oʻrnini oʻyib chiqqach, avvaldan tayyorlab qoʻygan quruq rangli qorishmadan oz-ozdan qorib oʻyma ustiga quyib chiqadi va naqsh sathini tekislab qirib tashlaydi, shunda naqsh chegaralari aniq va jozibali namoyon boʻladi. Soʻng axta yordamida naqsh nusxasi 2-marta tushiriladi, bu safar 2rangning oʻrni oʻyilib, 2rangli qorishma quyiladi, naqsh sathi ochilguncha qiriladi. Har bir rang ana shunday jarayonda amalga oshiriladi. Qirmaning yaxlitligi va rang turining kamligi naqshlarda yaqqol koʻzga tashlanadi. Rangli ganch tayyorlashda ustalar avval koʻmir, pishiq gʻisht kukunlaridan foydalangan, hozirda esa har xil tayyor rangli pigmentlar ishlatiladi. q. quyosh nurida yaltiramay, bir xil mayinlikda koʻrinadi. Qirmani ilk bor Usta Shirin Murolov, Quli Jalilov va b. ustalar qoʻllagan; hozirda ganch oʻymakorligida keng qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x