QIRGʻOVULSIMONLAR — tovuqsimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. 165 turi maʼlum. Yevrosiyo, Amerika va Afrikada tarqalgan. Oʻzbekistonda bedana, kaklik, ularlar va b. turlari uchraydi. Choʻl, oʻtloq, butazor, qoyalarda, oʻrmon va tekisliklarda yashaydi. Qirgʻovulsimonlar, asosan, oʻtroq yoki koʻchib yurib (faqat bedana mavsumiy) hayot kechiradi. Odatda, uyasini yerga, baʼzilari daraxtga yasaydi. 2—20 ta tuxum qoʻyadi. Oʻsimlik mahsulotlari, hasharotlar va b. umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Qirgʻovulsimonlar ovlanadi. Yovvoyi tovuqlar xonaki tovuq zotlarining nasl boshidir, tovuslar xonakilashtirilgan, qirgʻovullar ovchilik xoʻjaliklarida, bedanalar fermalarda koʻpaytiriladi. 21 turi va 2 kenja turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые