QINNI TORAYTIRISH OPERASIYASI ⚡️
Kolporafiya — (yunoncha: kolpos-qin, raphe-chok) qin devoriga chok qo‘yib tikish amaliyoti bo‘lib, asosan, qinni toraytirish maqsadida ishlatiladi. Plastik operasiyalarning keng tarqalgan turlaridan biri.
Oldingi va orqa kolporafiyalar farqlanadi. Mos ravishda ular qinning oldingi yoki orqa devorlaridan ma’lum qismini olib tashlash va ikkala chetini tortib tikish orqali uni toraytirishdan iborat.
Rasmda: Oldingi kolporafiya amaliyotining qisqacha ko‘rinishi.