QIMIZ

QIMIZbiya sutidan tayyorlanadigan shifobaxsh ichimlik. Har 3 soatda bir marta sogʻiladigan biya sutini sut kislota bakteriyalari va achitqilari bilan yoʻli bilan maxsus meshlarda aralashtirib tayyorlanadi. Tayyor Qimiz meshlarda saqlanadi, tashiladi. Quyganda koʻpiradi. Tarkibida 2—2,5% oqsil, 1—2% yogʻ, 3,5-4,8% qand, 1 l Q. da 100-200 mg S, A, D, Ye, RR va V guruh vitaminlar; 400—600 mg fosfor hamda 800—1000 mg kalsiy bor. Kuchsiz Qimiz tarkibida 0,6—0,8%, oʻrtachasida 0,8 — 1%, kuchligida 1 — 1,2% sut kislota; kuchsizida 1% gacha, oʻrtachasida 1 — 1,5% va kuchligida 3% gacha spirt boʻladi. Qimizning energetik qiymati 300—400 kkal.

Qimiz organizmda ovqat tarkibidagi oqsil va yogʻlarning tez hazm boʻlishiga yordam beradi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi, ishtaha ochadi, parhez va shifobaxsh xususiyatlarga ega. Qimiz tayyorlash va ichish zamonlardan beri, ayniqsa, koʻchmanchi chorvador xalqlar oʻrtasida keng yoyilgan. Mil. av. 5-a. da Gerodot skiflar turmushini tasvi. rlaganda ularning eng yaxshi koʻradigan ichimligi oldindan alohida tayyorlab qoʻyiladigan biya suti ekanligini qayd etgan. Qimizni davo maqsadlarida oʻpka sili kasalligining oldini olish va davolashda, shuningdek, ayrim oshqozon-ichak kasalliklarida tavsiya qilinadi. Osiyo, qisman Yevropa mamlakatlarida Qimiz koʻp tayyorlanadi.

Ad. . Panfilov N. Ye., Sut va salomatlik, T. 1991.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x