Bog`larni kezgan sabolar aytar,
Sohilidan toshgan daryolar aytar,
Qo`llari duoda bobolar aytar:
Baxtga to`lib yashang bunday Vatanda,
O`ynab-kulib yashang shunday Vatanda.
Lazzati til yorar shakar palagi,
O`rigidan shirin uning danagi,
Bo`ylari mast qilar, oh handalagi,
Baxtga to`lib yashang bunday Vatanda,
O`ynab-kulib yashang shunday Vatanda. (x2)
Tinchlik kezgan yer-u osmoni aziz,
Halol mehnat qilgan insoni aziz,
Karvonni boshlagan sarboni aziz,
Baxtga to`lib yashang bunday Vatanda,
O`ynab-kulib yashang shunday Vatanda. (x2)
Kel do`stim, qo`llarni qo`lga beraylik,
Bu yurtni ardoqlab, asrab sevaylik,
Ta’rifini kuylab, ta’zim qilaylik,
Baxtga to`lib yashang bunday Vatanda,
O`ynab-kulib yashang shunday Vatanda. (x2)
O`ynab-kulib yashang shunday Vatanda!
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.