QILCHUVALCHANGLAR — umurtqasiz hayvonlar sinfi. 12 urugʻi maʼlum. Tanasi qilsimon (nomi shundan). Oq, och jigarrang yoki qora, uz. bir necha mm dan 1,5 m gacha. Yoʻgʻonligi 0,5—2 mm. Hasharotlar va qisqichbaqasimonlarda parazit. Ichagi qisman reduksiyaga uchragan; hayvon tanasida osmotik oziklanadi. Ayirish organlari boʻlmaydi, 5 turkumga mansub 300 turi tarqalgan. Voyaga yetgan Qilchuvalchanglar chuchuk suvlar va dengizlarda yashaydi. Bir necha mln. tuxumini oq tizimcha koʻrinishida qoʻyadi. Lichinkalari dastlab erkin yashaydi; keyinroq harakatchan xartumi yordamida oraliq xoʻjayini (ninachilar, xironomidlar, kunliklar lichinkasi)ga oʻtib, sista hosil qiladi. Qilchuvalchanglar asosiy xoʻjayini tanasida voyaga yetadi va uning qobigini teshib suvga chiqadi. Suvga tuxum qoʻyib, oʻzi halok boʻladi. Qilchuvalchanglarning toʻliq rivojlanish sikli 1 yildan koʻproq davom etadi. Chuchuk suv havzalarida, jumladan, Oʻzbekistonda oddiy q. koʻp uchraydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые