QIBRAY TUMANI

QIBRAY TUMANIToshkent viloyatidagi tuman. 1933 yil 1 dek. da tashkil etilgan. 1962-yil 24 dek. da Kalinin (hoz. Zangiota) tumani bilan birlashtirildi. 1964-yil 31 dek. da qaytadan tuzildi. 1933 — 91 yillarda Orjonikidze tumani. Janubiy gʻarbdan Toshkent shahri, jan. dan Yuqori Chirchiq, sharqdan Boʻstonliq, gʻarbdan Toshkent tumanlari, shim. dan Qozogʻiston Respublikasi bilan chegaradosh. Mayd. 0,56 ming km2. Aholisi 159,6 ming kishi (2004). Tumanda 2 shaharcha (Qibray, Salor), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Baytqoʻrgʻon, Yonariq, May, Matqobulov, Oqqovoq, Tuzel, Chinobod, Yangiobod, Oʻnqoʻrgʻon, Qiziltu, Qipchoq) bor. Tuman markazi — Qibray shaharchasi.

Tabiati. Tuman viloyatning shim. va shim. sharqida, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan. Relyefi shim. sharqiy qismida qir va adirlardan iborat. Yer yuzasi shim. sharqqa tomon balandlashib boradi. Oʻrtacha bal. 300 — 400 m. Janubiy tomonidan Chirchiq daryosi, shim. dan Boʻzsuv, Zax va Xonim kanallari, oʻrta qismidan Katta Qorasuv kanali oqib oʻtadi. Chirchiq daryosining hoz. va qadimiy irmoqlari, Boʻzsuv, Zaxariq kanallari jarliklar hosil qilgan. Baʼzi jarlarning chuqurligi (Boʻzsuvda) bir necha oʻn metrga yetadi. Tuproqlari, asosan, boʻz tuproq. Iqlimi kontinental. Iyulning oʻrtacha t-rasi 27 — 29°, yanv. niki —2°. Yozda eng yuqori t-ra 41—42° ga yetadi, yanv. da eng past t-ra —29°. Vegetatsiya davri 210—220 kun. Yillik yogʻin 300—400 mm. Yovvoyi oʻsimliklardan turangʻil, terak, jiyda, doʻlana, tol, yulgʻun, qamish, yantoq va boshqalar bor. Bahorda rang (qorabosh), shaytonkavush, lola va lolaqizgʻaldoqlar oʻsadi. Chirchiq daryosining qayirlarida yovvoyi hayvonlardan quyon, suv kalamushi, sichqon, gʻoz, oʻrdak, qirgʻovul, loyxoʻrak, soʻfitoʻrgʻay, suvilonlar, ondatra mavjud.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; shuningdek, qozoq, rus, tojik, tatar va boshqalar ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 285 kishi (2004). Shahar aholisi 38,7 ming kishi, qishloq aholisi 120,9 ming kishi.

Xoʻjaligi. Tumanda sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi, q. x. mahsulotlari yetishtiriladi. 17 sanoatkorxonasi, Toshkent issiqlik elektr markazi, GESlar kaskadi, mevasabzavot konservasi va pivoalkogolsiz ichimliklar ktlari, gʻisht z-di, «Toshkent» parrandachilik xoʻjaligi, tuxum yetishtirish boʻyicha sanoat ishlab chiqarish birlashmasi va boshqalar; 10 shirkat, 237 fermer, shu jumladan, 64 dehqon xoʻjaligi, «Limonzor» xoʻjaligi va boshqalar xoʻjaliklar bor. Umumiy ekin maydoni 13,7 ming ga, shu jumladan, don 4,9 ming ga, kartoshka va sabzavotlar 2483 ga, ozuqa ekinlari 5,2 ming ga maydonni egallaydi. Bogʻ va tokzorlar 3,8 ming ga, issiqxona xoʻjaligi 3 ga. Tumanda 24,9 mingdan ziyod qoramol (shu jumladan, 11 mingga yaqin sigir), 16 mingga yaqin qoʻy va echki, 1371,4 ming parranda boqiladi (2004). Tuman Toshkentga q. x. va chorvachilik mahsulotlari yetkazib beradi. Tuman hududida 13 i. t. 48 umumiy taʼlim maktabi (27,4 ming oʻquvchi) faoliyat koʻrsatadi. «Plemelita» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent agrar unti, 4 musiqa maktabi, 43 kutubxona, 9 klub muassasasi (jumladan, 4 madaniyat uyi, 2 madaniyat saroyi), stadion, suzish havzasi, 5 sogʻliqni saqlash muassasasi, 2 kasalxona, 13 qishloq vrachlik punkti, 9 ambulatoriya, 9 qishloq davolash maskani, 13 feldsherakusherlik punkti aholiga xizmat koʻrsatadi. Bolalar sanatoriysi, «Boʻston», «Botanika», «Umid gulshani», «8 Mart», «Turon», «Navbahor», «Qibray» sanatoriylari, «Energetik» mavsumiy dam olish uyi va boshqalar bor. Tuman Toshkent shahri bilan avtobus va elektrlashtirilgan t. y. transporti orqali bogʻlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x