Qaysi biri muhimroq?

Ishonmasligingiz mumkin, lekin bolalar nutqining yaxshi rivojlanmasligi televizor koʻrishga juda-juda bogʻliq. Olimlar fikricha, har kuni ekran qarshisida vaqt oʻtkazadigan bolalarda nutqiy nuqsonlar va diqqatni jamlolmaslik kabi muammolar koʻp uchraydi. Nega bunday? Axir ular har kuni televizor orqali turli muloqotlar, suhbatlarni eshitadi-ku?

Bola miyasi texnika vositalari orqali oʻrganishga moslashmagan. U yaxshi rivojlanishi uchun jonli muloqot kerak, shundagina odamning his qilish, eshitish va fikrlashga ixtisoslashgan aʼzolari faollashadi.

Soʻnggi yillarda texnika jadal taraqqiy etdi. Kompyuter va televizor ayrim oilalarda asosiy oʻrinni egallab ulgurdi. Ularni ishdan kelgandayoq yoqishadi va faqat uyqu oldidangina oʻchirishadi. Bolalar televizor koʻrmagan taqdirda ham, televizor shovqini kattalarning gap-oʻzlarini eshitishga xalal beradi.

Biroq muammo faqat shovqinda emas. Olimlar fikricha, televizor bolalar nutqiga shovqin tufayli emas, balki kattalarni oʻziga jalb etib, oʻzaro muloqotdan toʻsib qoʻygani sababli salbiy taʼsir koʻrsatadi. Uyda televizor qancha koʻp yoniq tursa, ota-onalar farzandlariga shuncha kam eʼtibor beradi. Natijada muloqotga suv va havodek ehtiyoj tuygan bolalar gaplashish imkoniyatidan mosuvo boʻladi.

Salbiy taʼsirlar faqat nutqdagi nuqsonlar bilangina cheklanmaydi. Tadqiqotlar televizorga mixlangan bolalarda tasavvur qobiliyati juda yomon rivojlanishini koʻrsatdi. Bunday bolalar agar televizor oʻchirib qoʻyilsa, nima bilan shugʻullanishni ham bilmay qoladi. Ular bir joyda koʻp oʻtiraverganidan kam harakat qiladi, natijada jismonan yaxshi rivojlanmaydi. Koʻzga koʻp yuk tushaverishidan koʻrish bilan bogʻliq kasalliklar paydo boʻlishi mumkin.

Demak, televizorni bolaning hayotidan toʻla-toʻkis olib tashlash kerak ekan-da! Yoʻq, buning iloji yoʻq! Hozirgi kunda televizor ham xuddi kompyuter, mobil telefon kabi odamlar hayotidan mustahkam oʻrin egallab boʻlgan. Faqat ota-onalar farzandlari televizor qarshisida qancha vaqt sarflayotganlari, qaysi kanallarni tomosha qilayotganlarini muntazam nazorat qilishlari kerak. Aslida, televizorsiz ham bolaga yaxshi mashgʻulotlar topsa boʻladi. Buning uchun hafsala va masʼuliyat kerak, xolos. Eng oldin kattalar oʻzlari uchun qaysi biri muhimroq ekanini aniqlab olishlari zarur: bir-biridan qiziqarli seriallarmi yoki bolasining kamol topishimi?

 

Orif Tolib

https://saviya.uz/ijod/publitsistika/qaysi-biri-muhimroq/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x