QAYRAGʻOCHDOSHLAR

QAYRAGʻOCHDOSHLAR — ikki urugʻpallali oʻsimliklar oilasi. Daraxt va butalardan iborat. Barglari oddiy, tishli, asimmetrik, navbatlashib oʻrnashgan. Gullari ikki yoki bir jinsli, qalqonsimon toʻpgulga yigʻilgan, baʼzan yakkayakka joylashgan. Gulqoʻrgʻoni oddiy, 3—8 bargchali. Mevasi qanotcha, yongʻoqcha yoki danakcha. Qayragʻochdoshlar 13 turkum (140 tur)dan iborat. Har ikkala yarim sharda tarqalgan. Oʻzbekistonda 2 turkumi (10 turi) uchraydi, shundan 9 turi ekiladi. Sadaqayragʻoch, gʻujum qayragʻoch, burj yoki Oʻzbekiston qayragʻochi, poʻkak qayragʻoch va qatrangʻining ahamiyati katta.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x