QAYMOQ

QAYMOQsut mahsuloti. Sut separatori ixtiro qilinguncha sutni 10 — 12 soat davomida past haroratda maxsus idishlar (mas, Oʻzbekistonda sopol tovoq)da tindirib olingan. Tarkibida yogʻliligiga qarab 59,6—81,8% suv, 2,4— 3,4% oqsil, 2,7—4,2% laktoza, 0,3—0,6% mineral moddalar bor. Sut zdlarida bevosita isteʼmol qilishga moʻljallangan, yogʻliligi 10%, 20% va 35% boʻlgan Qaymoq ishlab chiqariladi. 10% li Qaymoq 78—80° da, 20% va 35% lisi 85—87° da (15—30 sek. davomida) pasterlanadi, soʻngra darhol maxsus sovitish vannalarida 4—6° ga qadar sovitiladi, shisha idishlar yoki qogʻoz paketlarga quyiladi. Oddiy Qaymoqdan tashqari quyultirilgan va quruq Qaymoqlar ham ishlab chiqariladi. Qaymoqning oʻzi isteʼmol qilinadi, ichimlik va taomlarga qoʻshiladi. Qaymoqning asosiy qismi sanoatda sariyogʻ, smetana olish uchun qayta ishlanadi, muzqaymoq tayyorlanadi (yana q. Sut, Sut sanoati).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x