QAYIQ

QAYIQ — daryo, koʻl va boshqalar suv havzalari uchun moʻljallangan suzish vositasi. Qlar dastlab, asosan, eshkaklar bilan harakatlantirilgan, keyinchalik yelkanli va motorli Qayiqlar paydo boʻlgan. Qayiq ilgari, asosan, yoʻgʻon daraxt tanasini oʻyib yasalgan, qayin poʻstlogʻidan yoki yogʻoch sinch (karkas)larga hayvon terisini tortib qurilgan. Hozir Qayiq yasashda yogʻoch, plastmassa va yengil metall ishlatiladi. Qayiq odamlar foydalangan dastlabki suv transporti hisoblanadi. qadimiy Misr, Oʻrta Osiyo (shu jumladan, Oʻzbekiston hududi), Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindiston va boshqalar mamlakatlarda keng rasm boʻlgan. Qayiqdan suv transportida, baliq ovlashda, harbiy ishda, sport maqsadlarida, istirohat bogʻlarida suvda sayr qilish va boshqalar maqsadlarda foydalaniladi. Kichikroq suv osti kemasi suv osti Qayiqi deb ataladi. Qayiqning shakli va oʻlchamlari, nechta (bir, ikki va koʻp) eshkakli ekanligi uning nima maqsadga moʻljallanganligiga bogʻliq. Oʻzbekistonda Qayiq, asosan, baliq ovlashda, sport maqsadlarida, istirohat bogʻlaridagi koʻllarda sayr qilishda ishlatiladi (q. Kema).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x