Qayerdan gapiryapsiz?

“Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” roʻznomalari yangi tashkil etilgan kezlarda rus tilidagi axborot boʻlimiga V. Nikishin mudirlik qilardi. Bu iqtidorli, hozirjavob jurnalist har kuni roʻznomaning birinchi sahifasi uchun zarur boʻlgan oʻnlab xilma-xil yangi xabarlar topardi. Koʻpincha ularni telefon orqali olishga toʻgʻri kelardi. Bir kuni hamkasblaridan biri hazillashmoqchi boʻlib, qoʻshni xonadan unga telefon qildi:

– Bu oʻrtoq Nikishinmi? Sizga bir yangi xabarni bildirmoqchi edim.

– Juda soz. Qayerdan gapiryapsiz?

– Hayvonot bogʻidan.

– Shunaqami, qaysi qafasdan? Telefon qilgan kishi jurnalistning hozirjavobligidan zavqlanib, kulib yubordi.

 

Nosir MUHAMMAD

https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/qayerdan-gapiryapsiz/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x