QAVCHIN

QAVCHIN, kauchin — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Qavchin Chigʻatoy ulusitt eng yirik 4 qabiladan biri (jaloyir, barlos va arlot) sanalgan. Chingizxon bu 4 qabilani (4 ming jangchi bilan) oʻgʻli Chigʻatoyta berib, ularning har qaysisi uchun tegishli hudud ajratgan. Qavchinlar Amudaryoning yuqori havzasidagi yerlarga joylashganlar. Qavchinlar, asosan, yarim oʻtroq holda yashab, chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan. Ular bir qancha urugʻlarga boʻlingan. Shulardan eng yiriklari beguzuv, balxi, koʻrpachuvish, boʻzchi, kashmiri, sulaymon, imom, boʻyin, tugal, poʻla sherali, tuyaboʻyin kabilardir. 1920-y. larga kelib Oʻzbekiston hududida 25 ming kishiga yaqin Qavchin boʻlib, ular, asosan, hoz. Qashqadaryo viloyatida joylashgan. Qavchin lardan 2 mingga yaqin kishi Karki (Turkmaniston) da ozroq qismi Koʻlob vodiysi (Tojikiston)da yashagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x