QASHQADARYO VILOYAT OʻLKASHUNOSLIK MUZEYI

QASHQADARYO VILOYAT OʻLKASHUNOSLIK MUZEYI — madaniy-maʼrifiy muassasa. 1975-yilda Qarshi shahrida tashkil etilgan. Muzeyda tarix, xalq amaliy sanʼati, tabiat, xotira va qadriyat boʻlimlari bor. Muzey fondida 20 mingdan ziyod numizmatika, arxeologiya, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, tarixiy hujjatlar, nodir qoʻlyozmalar, kitoblar, maishiy va etnografiyaga oid eksponatlar mavjud (2005). Muzey ilmiy tekshirish ishlari olib boradi, fondini boyitadi, kitob, kataloglar nashr etadi; jumladan, Rimda fransuz tilida chop etilgan «Qarshi oʻlkashunoslik muzeyidagi sharq qoʻlyozmalari katalogi» (2004, 50 dan ortiq qoʻlyozmalar haqida maʼlumotlar bor) va boshqalar Mustaqillik yillaridan Qashqadaryo iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayoti sohasida qoʻlga kiritilgan yutuqlar, fan taraqqiyotini namoyon etuvchi eksponatlar bilan boyitilmoqda.

Muzey noyob kartinalar toʻplami hamda nodir qoʻlyozma kitoblarga ega. Mas, nodir qoʻlyozmalar orasida Taftazoniyning «Taxziyb almantiq valkalom» asariga, Nasafiyning «Aqoid anNasafiy» asariga yozilgan sharhlar va boshqalar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x