QARQUNOQLAR

QARQUNOQLARchumchuqsimonlar turkumiga mansub sayroqi qushlar oilasi. Uz. 16—36 sm. Tumshugʻi ikki yondan siqilgan, uchi yirtqich qushlarniki singari ilmoqqa oʻxshash qayrilgan. Dumi uzun, ingichka. 12 urugʻi, 72 turi maʼlum. Shim. Amerika, Yevropa, Afrika va Osiyoda tarqalgan. Butalar va siyrak daraxtlar oʻsadigan joylarda, yalangliklarda yashaydi. Hasharotlar va mayda umurtqali hayvonlar bilan oziqdanadi. Boshqa qushlarning ovoziga taqlid qila oladi. Daraxt va butalarga uya quradi. Ayrim turlari oʻz oʻljasini mayda butoqlarga qadab qoʻyib, oziq gʻamlaydi. Oʻzbekistonda Qarqunoqlarning 4 turi tarqalgan. Qora peshona Qarqunoqlar (. gshpog) togʻ etaklarida, uzun dumli Qarqunoqlar (. 8spasp) Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryoning oʻrta oqimi va Sirdaryoning yuqori oqimida; olatoʻngʻiz (. sshShiz) va kulrang, yaʼni katta Qarqunoqlar qushlar uchib oʻtishi davrida uchraydi. Zararkunanda hasharotlarni qirib foyda keltiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x