QARAMA-QARSHI TEOREMA — biror teoremaning sharti hamda xulosasini ularning inkori bilan almashtirilganda hosil boʻladigan teorema. Mas, «agar toʻrtburchakning qaramaqarshi burchaklari yigʻindisi 180° ga teng boʻlsa, uning tashqarisiga aylana chizish mumkin» degan teoremaga «agar toʻrtburchakning qarama-qarshi burchaklari yigʻindisi 180 ga teng boʻlmasa, uning tashqarisiga aylana chizish mumkin emas» deganteorema Qarama-qarshi teorema boʻladi. Qarama-qarshi teorema toʻgʻri boʻlishi shart emas Agar berilgan teorema ham, unga Qarama-qarshi teorema ham oʻrinli boʻlsa, ular birga zaruriy va yetarli shartni tashkil qiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые