Qanqa, Qanqatepa


Post Views:
159

QANQA, Qanqatepa – miloddan avval 3-asr – milodiy 12-asr boshiga oid qadimiy shahar xarobasi. Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hududida, Ohangaron daryosining qadimiy o‘zani chap sohilida. Shohruxiya arxeologik yodgorligidan taxminan 8 km shimoli-sharqda qadimgi karvon yo‘li ustida joylashgan. Qadimgi Xitoy yozma manbalarida – Bitan (Bityan). Dastlab, Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi a’zosi Ye.T.Smirnov (1898), keyinchalik M.Ye.Masson (1934), so‘ngra Moddiy-madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish jamiyati (Q.Abdullayev, F.Hasanov, D.Alimova, 1969–72), 1974 yildan O‘zbekiston FA Arxeologiya instituti tomonidan tekshirish ishlari olib borilmoqda. Qanqa to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, umumiy maydoni 200 gektar bo‘lib, bir necha qator mudofaa devori va xandaqlar bilan o‘ralgan, ark 3 shahriston va raboddan iborat bo‘lgan. Shahriston I ning maydoni 6,5 gektar, shimoliy qismida ark (balandligi 40 m) joylashgan. Uning atrofi xandaq bilan o‘ralgan. Ark va Shahriston I ni 3 tomondan maydoni 50 ga dan ortiqroq Shahriston II o‘rab olgan. Shahristonlarga tashqaridan rabod (maydoni 10 gektar) yondoshgan. Miloddan avvalgi 1 – milodiy 1-asrlarda shahar ravnaq topgan. Shahristonlar va rabodda ko‘cha-ko‘ylar, maydonlar, hovuz va oqar suv tarmoqlari hamda paxsa va yirik xom g‘ishtlardan bino qilingan turar joy qoldiqlari saqlanib qolgan. Qadimdan milodiy 1–2-asrlarda zarb etilgan kumush va mis tangalar (jumladan, 4–11-asrlarga oid tangalar xazinasi), oltin va qimmatbaho toshlardan ishlangan taqinchoqlar, sopol haykalchalar, ostodon (ossuariy), sirlangan va sirsiz sopol idishlar, tosh, suyak va metalldan ishlangan qurol va asboblar hamda devoriy rasm qoldiqlari topilgan. Turli xildagi bunday ashyoviy topilmalar shubhasiz, Qanqada temirchilik, kulolchilik, tikuvchilik, suyak o‘ymakorligi rivoj topganidan dalolat beradi. Vayron bo‘lgan shahar, keyinchalik (9-asr) tiklangan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/qanqa-qanqatepa-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x