Qanday qilib xotira pasayadi!?
Shifokorlarning fikricha, xotiraning pasayishiga quyidagi bir qator omillar sabab bo‘lishi mumkin:
1)Jismoniy va aqliy zo’riqish.
2)Haddan ortiq ko‘p aqliy mehnat qilish, charchash.
3)Surunkali uyqusizlik.
4)Surunkali stress.
5)Kuchli stressni boshdan kechirish.
6)Tamaki mahsulotlari chekish.
7)Alkogolli ichimliklarni suiste’mol qilish.
8)Narkotiklar qabul qilish.
9)Bosh miyadagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlar.
10)Insult.
11)Kalla suyagi jarohatlari (ochiq va yopiq).
12)Qalqonsimon bez kasalliklari.
13)Qon tomirlar kasalligi.
14)Yurak kasalliklari sababli miyada qon aylanishi buzilishi.
15)Ba’zi dori preparatlarini qabul qilish.
Ko‘p hollarda bolalar maktabga chiqa boshlaganida yoki yuqori sinfga o‘tganida ular xotira pastayyani seziladi, bu bola miyasining zo‘riqishi bilan tushuntiriladi. Bunday vaziyatda ota-onalar bolalariga e’tiborli bo‘lishlari, ularni koyimasliklari zarur.