QANDAY KASBDAGI ERKAKLAR ko‘proq XIYONAT qilishadi?

QANDAY KASBDAGI ERKAKLAR ko‘proq XIYONAT qilishadi?
❓Hech kimga sir emaski, oila bo‘lib yashaydiganlar ichida erkaklar ko‘proq xiyonatga moyil bo‘ladi. Bu faqatgina machoning xarakteri yoki temperamentiga bog‘liq bo‘lib qolmay, kasbiga ham bog‘liqdir. Qanday kasb egalari hammadan osonroq ishqiy ijodlar qilishini olimlar o‘rganishgan.
❗️❗️❗️ Oldindan aytib qo‘yaman, bu jahon reytingi, O‘zbekistonda ham shunaqa deb aytolmaymiz. Tag‘in bu gapdan xulosa qilib sizga sodiq juftingizdan shubhalanib yurmang!
Ko‘p sonli izlanishlar va anonim so‘rovnomalar asosida aytish mumkinki, xiyonatga 30% dan ko‘proq ayollar, 70% dan ko‘proq erkaklar moyil bo‘lishadi. Ishxonada noz-u ishvalar qilish qulayroq, bu ish jarayonida ham noqulayliklar tug‘dirmaydi — bu esa xiyonatga moyillarga sharoit yaratib beradi. Faqat o‘ylamangki, ishonchsiz erkaklar ichida eng yuqorida ginekolog va seksopatologlar turadi deb, aksincha, bu teskari fikr.
✔️ «Ishonchsiz erkaklar» reytingida yuqori o‘rinni bankirlar, shuningdek, vrach-kardiologlar va xirurglar egallaydi, ajablanarsiz! Ko‘rinadiki, ko‘pchilik ayollar shunchaki vrach bilan sevishishni orzu qiladi, bunga sabab vrach xushtorga istalgan payt yordam so‘rab murojaat qilish mumkin (faqatgina tibbiy emas, boshqa narsalarda ham), qolaversa ayolni vrach erkak yaxshiroq tushunadi ham.
✔️ Ulardan keyingi o‘rinda ijod bilan bog‘liq kasb egalari turadi — rassomlar, aktyorlar, ular doim ilhomlangan, romantik holatda bo‘lishadi va boshqalardan ko‘ra ko‘proq ayolning havasini keltiradigan erkaklardir.
✔️ Uncha «chap» yurmaydigan erkaklarga uchuvchilar, dengizchilar va brokerlar kiradi.
✔️ Kasblar egalari ichida eng ishonchli erkaklar qatoriga esa quruvchilar, konchilar, haydovchilar, o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar kiradi.
Aslida ular ham erkak, ularning ham qonida testosteron bor, xiyonat qilmasligiga sabab esa og‘ir ish jarayoni, charchoq hamda ish joyida ayollar deyarli yo‘qligi hisoblanadi.
👫 Olimlar yana aniqlashdiki, ko‘p erkaklar noto‘g‘ri hayot tarzini xohlamaydi, ular o‘z rafiqasini va oilasini sevadi, sog‘lom turmush kechirishni xohlashadi. Ammo… chap yurishlarning sababi ko‘pincha xizmat safari bilan uydan uzoqlashish va ba‘zan yangi hissiyotlar sezish, ya‘ni, haqiqiy macho ekanini o‘ziga yana bir bor isbotlash xohishi bo‘ladi.
(https://fazarosta.com/wp-content/uploads/2018/01/7-fraz-kotorye-proiznosit-kazhdyj-izmenshhik-pojmannyj-na-meste-prestuplenija.jpg)
© Doctor Ergashev
@UROLOGY_GYNECOLOGY
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x