QANDAK

QANDAKxalq seleksiyasida chiqarilgan mahalliy ertapishar oʻrik navi. Fargʻona vodiysi, Buxoro va Samarqand viloyatlarida keng tarqalgan. Bir qancha klonlari bor. Daraxti oʻrtacha kattalikda, shoxshabbasi quyuq, bal. 7 m gacha. Shoxlari ingichka, kurtak va gullari mayda. Mart oxirlarida gullab, iyunning 2-yarmida pishadi. Mevalari mayda (20—25 g), dumaloq, poʻsti qalin, tuklari bor, eti toʻq sariq, oʻrtacha tigʻizlikda, shirin (qand miqdori 14—] 7%, quruq modda 26—28%, nordonligi past — 0,4—0,6%), danagidan oson ajraladi, danagi mayda. Sovuqqa va kasalliklarga chidamsiz. Ekilganidan keyin 5—7 yili hosilga kiradi. Asosan, qoqi solinadi, kompot, murabbo qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x