QANDAHOR

QANDAHOR — Afgʻonistonning jan. qismidagi shahar, Hindukush togʻlarining gʻarbiy etagida. Qandahor viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 339,2 ming kishi (2003). Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatiga ega. Mamlakat jan. va gʻarbidagi muhim bogʻdorchilik va chorvachilik r-nining savdo markazi. Gilam, qorakoʻl teri, koʻn va h. k. bilan savdo qilinadi. Toʻqimachidik f-kasi, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan.

Qandahor — qadimiy shahar. 12—13-asrlardayirik savdo markazi boʻlgan. 13-asrda moʻgʻullar bosib olgan. 14-asr oxiridan Amir Temur va Temuriylar saltanati qoʻl ostida boʻlgan. 16—17-asrlarda Qni egallash uchun Eron shohlari sulolasi Safaviylar bilan Boburiylar oʻrtasida kurash boʻlgan. 17-asr oʻrtalaridan Safaviylar qoʻl ostiga oʻtgan. 1709-yilda Qandahor aholisi Safaviylarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarishi oqibatida Qandahorda Gilzoy hokimligi vujudga keldi. 1738-yilda Qandahorni Eron shohi Nodirshoh Afshor bosib olib vayron qilgan. Keyinroq sal nariroqda shahar bunyod qilib Nodirshoh deb atagan. Buzilgan shaharni Ahmadshoh Durroniy qayta tiklab Ahmadshoh deb atagan va 1773—74 yillarda Durroniylar davlati poytaxti boʻlgan. 1818—55 yillarda Qandahor hokimligining markazi. 1855-yilda shaharni afgʻon amiri Doʻstmuhammadxon egallagan va Afgʻon davlati tarkibiga kiritgan.

Meʼmoriy yodgorliklardan Ahmadshoh maqbarasi va boshqalar 18-asrga oid yodgorliklar saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x