QALMOQ TILI — moʻgʻul tillarilan biri; asosan, RFning Qalmogʻiston Respublikasida, Astraxon va Rostov viloyatlari hamda Stavropol oʻlkasida, qisman XXR va Qirgʻizistonda tarqalgan. Qalmoq tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 180 ming kishiga yaqin (oʻtgan asrning oxirlari).
Qalmoq tili 2 ta — torgut va derbet lahjalariga, bu lahjalar esa oʻz navbatida shevalarga ajraladi. Fonetik belgilari: choʻziq, qisqa va noaniq, kuchsiz talaffuz etiladigan fonemalarga egaligi, tanglay garmoniyasining mavjudligi va lab garmoniyasining yoʻqligi va boshqalar Morfologik belgilari: 8 kelishikning mavjudligi, grammatik jins kategoriyasining yoʻqligi va boshqalar Leksikasida sanskrit, tibet, xitoy, arab, fors va turkiy tillardan, keyingi davrlarda esa rus tilidan kirib oʻzlashgan soʻzlar anchagina. Qalmoqlar 1648-yildan 1924 yil gacha moʻgʻul yozuvining zayapandit (buddaviylik targʻibotchisi Zaya Pandit nomidan) koʻrinishidan foydalanganlar. Bu yozuvda koʻplab adabiyot yaratilgan boʻlib, ularning aksariyati 18—19-asrlarga mansub. 1924y. dan rus grafikasi asosidagi, 1931-y. dan lotin grafikasi asosidagi, 1938-yildan yana rus grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan.
Ad.: Pyurbeyev G. S., Grammatika kalmshkogo yazmka. Sintaksis, Elista, 1979; Grammatika kalmmskogo yazmka. Fonetika i morfologiya, Elista, 1983; Bardayev E. Ch., Sovremennmy kalmnskiy yazmk. Leksikologiya, Elista, 1985.