Xayolim qoʻlimdan kapalak kabi
Uchqinib yoʻqoldi, bilmadim, qayga?
Uni axtararkan, qalbim nazari
Tashlandi yaltirab turuvchi oyga.
Hoy, soʻyla oy! Mening xayolim qayda,
Yo sen oʻgʻirlab olib qoʻydingmi?
Hoy, qalbim, aytgil, sen, u qaysi joyda,
Yoki sen ham axtarishdan toʻydingmi?
Angladim, tushundim, xayolim mening
Shu chiroyli oyning qoʻyniga qochgan.
Balki qalbim senga, koʻzlaring sening
Uni koʻra olgan, oy sirin ochgan.
ELBEK
https://saviya.uz/ijod/nazm/qalbim/