QAFFOL SHOSHIY

QAFFOL SHOSHIY (toʻliq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil Qaffol ashShoshiy alKabir; 903—976) — shofiʼiylik mazhabining yetakchi olimlaridan biri, muhaddis, faqih, tilshunos, shoir. Hazrati Imom (qisqacha — Hastimom) nomi bilan mashhur. Manbalarga qoʻra, u ogʻirligi 0,5 g keladigan jajji qulfkalit yasagani uchun «Qaffol» («Qulfchi») laqabi berilgan. Chuqur bilimi, ulkan ishlari evaziga Imom alKabir («Ulugʻ imom») deb taʼriflangan. Shosh (Toshkent)da hunarmand oilada tugʻiddi. Samarqand, Buxoro, Termiz shahrilarida boʻlib, oʻzidan avval oʻtgan allomalar merosi bilan tanishdi. Taniqli muhaddis va ilohiyotchi Haysam ibn Kulayb qoʻlida taʼlim oldi. Arab Sharqi mamlakatlari boʻylab uzoq safarda boʻddi, ancha vaqt Bagʻdodda yashadi. Mashhur imom Abul Abbos Ahmad ibn Umar ibn asSurayjiy (850—918) ning shogirdi boʻlgan. Xalifalikda turli lavozim, vazifalarni ado etgan. Q. Sh. Movarounnahrda, xususan, Shoshda shofiʼiylik mazhabini targʻib etib, diniy bilimlarning tarqalishiga, shariat asoslari qaror topishiga hissa qoʻshdi. Uning qonunshunoslik, mantiq kabi sohalarga oid «Qozining feʼlatvori», «Odob albahs» («Bahs odobi»), «Husni jadal» («Dialektika goʻzalligi») kabi asarlari islom olamida mashhur boʻlgan. Qaffol Shoshiy sheʼrlar ham yozgan. Ulardan ayrim parchalar olim Tojiddin asSubkiyning «Tabaqot ashShofiʼiya» («Shofiʼiylik mazhabi darajalari») kitobi orqali saqlanib qolgan.

Q. Sh. Toshkentda vafot etgan. Uning qabri ustiga maqbara qurilgan (q. Qaffol Shoshiy maqbarasi).

Ad.: Maʼnaviyat yulduzlari, T., 2001; Toʻlqin Hayit, Qaffol Shoshiy, T., 2004.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x