Qadriyatlar nima?

Qadriyatlar nima?

Afina asoschisi Fesius kemasi dengiz jangida g‘alaba qilgandan keyin, shaharliklar kemani g‘oliblik ramzi sifatida saqlab qo‘yishni o‘ylashadi. Kema quruqlikda, ochiq osmon ostidagi muzeyga qo‘yiladi, lekin vaqtlar o‘tib, tabiat o‘z so‘zini aytdi: uning qismlari chirib, bo‘laklarga ajray boshladi.

Afinaliklar kemani qadrlar, shuning uchun «yengilmas Fesius kemasi»ning chirigan qismlarini yangi detallar bilan ta’mirlab borishdi. Birozdan keyin, yaxshilab o‘ylasa, g‘alaba qilgan kemadan asar ham qolmagan, muzeyda saqlanayotgan kema batamom yangi edi.

Boshqalarga ko‘ra, u o‘sha, yengilmas, kema. Chunki Fesius kemasi o‘z shaklini yo‘qotmagandi.

Zamonaviy biz yashab turgan davrda kompaniyani kim qurishi, uni rivojlantirish yo tark etishi muhim emas. Jamoa a’zolari, yetakchilari ham almashadi, yangilar safga kelaveradi. Lekin kema o‘z qomat va ko‘rinishini yo‘qotmaganday, kompaniya ham qadriyatlariga sodiq qolishi kerak.

Hamma gap shunda! Kun xayrli boshlansin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x