Post Views:
48
OXUNGUZAR (asli Oxundguzar) – Sebzor dahasidagi qadimiy mahalla. Kaduvod, Xo‘jako‘cha, Eskijo‘va, Tinchob mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Birinchi va Ikkinchi Oxunguzarga bo‘lingan. 18-asrning 1-yarmida Toshkentda xo‘jalar, oxundlarning mavqyei baland bo‘lgan. Mahalla nomi uning hududida yashagan oxundlar nomidan olingan. Mahallada qariyb 150 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, hunarmandchilik va shahar tashqarisidagi yerlarida dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. 2 masjid, temirchilik ustaxonalari, maktab, bir necha go‘sht do‘koni va boshqalar bo‘lgan (20-asr boshlari). Hozirgi Oxunguzar hududida ko‘p qavatli turar joy binolari qurilgan.
«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil
https://shosh.uz/uz/qadimiy-mahallalar-oxunguzar/