Post Views:
21
OQMASJID – Shayxontohur dahasidagi qadimiy mahalla. Jarko‘cha, Xo‘jaro‘shnoi, Darxon, Balandmasjid mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Mahallada 400 dan ortiq xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, savdo-sotiq, mayda hunarmandchilik, shuningdek shahar tashqarisidagi yerlarida dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. 4 masjid, 2 choyxona, baqqollik do‘konlari bo‘lgan (20-asr boshlari). Hozirgi Oqmasjid hududida Labzak mavzei qurilgan.
«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil
https://shosh.uz/uz/qadimiy-mahallalar-ochmasjid/