Post Views:
119
GOVKUSH – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Xo‘ja Ro‘shnoyi, Balandmasjid, Degrez mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan va Shayxontohur ko‘chasi (Toshko‘cha; hozirgi Navoiy ko‘chasi)ga tutashgan. Aholisi 600 ga yaqin kishi; asosan, o‘zbeklar. Shayxontohur arig‘idan suv ichgan. Aksariyat aholisi to‘qimachilik, kosibchilik va boshqa hunarlar bilan shug‘ullangan. Do‘kon, masjid bo‘lgan (20-asr boshlari). Mahalla aholisining dehqonchilik yerlari va bog‘lari Otchoparda va Tovkattepada bo‘lgan. Govkushning hozirgi hududida O‘zbek milliy akademik drama teatri va Labzak turar joy mikrorayonining bir qismi joylashgan.
«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil
https://shosh.uz/uz/qadimiy-mahallalar-govkush/