Post Views:
346
BESHOG‘AYNI – Sebzor dahasidagi qadimiy mahalla. Kohota, Hovuzli, Qoratut, Qoshiqchilik mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Qariyb 150 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, chakana savdo va hunarmandchilik, shahar tashqarisidagi yerlarida dehqonchilik bilan shug‘ullangan, 2 masjid, qabriston, choyxona, baqqollik do‘konlari, sartaroshxona, juvozxona, tegirmon, to‘quv ustaxonasi bo‘lgan (20-asr boshi).
Hozirgi hududida 4–9 qavatli turar joy binolari qurilgan.
«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil
https://shosh.uz/uz/qadimiy-mahallalar-beshogayni/