Qadimgi mahallalar. Gulbozor


Post Views:
95

GULBOZOR – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Hadra va Sebzor dahasining Qoshiqchilik mahallalari bilan, Shayxontohur ko‘chasi va Chorsu bozori bilan chegaradosh bo‘lgan. Gulbozorda 200 ga yaqin xonadon yashagan. Aholisi o‘zbeklar bo‘lib, hunarmandchilik (tunukasozlik, bo‘z to‘qish va h.k.), dehqonchilik (mahalla aholisining dehqonchilik yerlari va bog‘lari Nazarbek, Qorasuv, CHo‘ponota mavzelarida bo‘lgan), savdo bilan shug‘ullangan. Uchta masjid, bir necha rasta, 2 qavatli mehmonxona, do‘konlar bo‘lgan. Germaniya «Zinger» firmasining tikuv mashinalari shu yerda sotilgan (20-asr boshlari). Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, bu mahalla o‘rnida 9–12-asrlarda Binkatning arki va shahristoni joylashib, aholi zich yashagan. Gulbozorning hozirgi hududida avtotransportlar boshbekati joylashgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/qadimgi-mahallalar-gulbozor-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x