Prezidentning tegishli farmoyishiga asosan, 2022/2023 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari quyidagicha tasdiqlandi:
Bakalavr bo‘yicha qabul kvotalari
- kunduzgi ta’lim shakliga – 77 477 nafar;
- sirtqi ta’lim shakliga – 26 095 nafar;
- kechki ta’lim shakliga – 3 725 nafar;
- masofaviy ta’lim shakliga – 3 410 nafar;
Magistratura bo‘yicha qabul kvotalari
- magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 10 688 nafar.
Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlarining kuzatuv kengashlariga hamda qabul parametrlarini Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlash vakolati berilgan oliy ta’lim tashkilotlariga tegishli qabul parametrlarini 2022 yil 20 iyunga qadar tasdiqlash tavsiya etildi.