PUSHTI KISHMISH, Qizil kishmish, Pushti Yerevani, Vardagubi kishmish, Karshir kishmishi — oʻrtapishar xoʻraki uzum navi. Gʻarbiy Osiyoda yaratilgan. Oʻzbekistonga Armanistondan keltirilgan. Sharkay ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha kattalikda yoki yirik, yumaloq, 3—5 boʻlmali, och yashil tusda, silliq. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, vazni 230—250 g, ayrimlari 1,0—1,5 kgkeladi, bandi qattiq, shakli silindrsimon (boʻyi 25, eni 15 sm), oʻrtachazich. Gʻujumi mayda (13×8 mm), yumaloq-oval, rangi pushti, baʼzan, toʻla pishganda qizil. Etdor, sershira, poʻsti yupqa. Tarkibida 24—27% qand, 5,2—6,4 g/l k-ta bor. Faol haro-rat yigʻindisi 3300° da 135—140 kunda pishadi. Hosildorligi 100—150 s/ga. Novdasi yaxshi yetiladi. Oidiumdan kam zararlanadi, sovuqqa chidami past. Asosan, yangiligida yeyiladi va mayiz qili-nadi. 1959-y. dan Oʻzbekistonning barcha viloyatlari uchun r-nlashtirilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые